
"Yuventus" klubni tark etishi mumkin bo‘lgan Kezaga o‘rinbosar topdi
Turinning "Yuventus" klubi bosh murabbiy Massimiliano Allegri bilan kelishmovchilik tufayli jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan hujumchi Federiko Kezaning o‘rniga odam topdi. "Repubblica" nashri xabariga ko‘ra, "keksa senyora" "Sassuolo"ning hujumkor yarim himoyachisi Domeniko Berardini sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Italiyalik futbolchi uzoq vaqtdan beri top-klublarning radariga tushib qolgan, ammo hozircha uni hech bir klub sotib olmadi. Avvalroq, Berardiga "Latsio" tomonidan qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan edi, biroq Mauritsio Sarri jamoasi hozircha aniq hech narsa taklif qilmagan.
Ma’lumot uchun, 28 yoshli Berardi o‘tgan mavsum A Seriyada 12 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar