"Yuventus" "Inter"ga o‘zaro futbolchi almashtirishni taklif qilmoqda

  • 20 aprel, 2019, 00:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" klubi hujumchisi Paulo Dibala tez orada jamoasini almashtirishi mumkin.

Tecno

Tuttosport nashrining xabar berishicha 26 yoshli argentinalik futbolchining yangi jamoasi "Inter" bo‘lishi mumkin. Gap shundaki turinliklar Dibalani “neradzurrilar” forvardi Mauro Ikardiga almashtirishmoqchi.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “Yuventus” sport direktori allaqachon ushbu masala yuzasidan milanliklar bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.

Ma’lumot uchun, Dibalaning transfer narxi 100 mln evroga baholanmoqda. Uning “Yuve” bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!