
"Yuventus" ikki penaltidan urilgan gol evaziga Rimdan g‘alaba bilan qaytadigan bo‘ldi
Italiya chempionati 13-turidan olgan "Latsio" - "Yuventus" uchrashuvi yakuniga etdi. Ushbu bahsda mehmonlar 2:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Turinliklarning har ikkala goliga Bonuchchi mualliflik qildi. Qizig‘i, ikki gol ham penaltidan urildi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng turinliklar ochkolarini 21 taga etkazib olib, 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Latsio"da ham shuncha ochko bor va ular 5-o‘rinda joylashgan.
Fikrlar