"Yuventus" hujumchisi uchun 3 ta klub da’vogarlik qilmoqda

  • 18 iyul, 2019, 22:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Moyse Kin bir qator Evropa grandlarining e’tibor markazida bo‘lib turibdi.

Tecno

Italiya nashrlarining yozishicha 19 yoshli futbolchi uchun "Everton", "Inter" va "Borussiya" Dortmund klublari o‘zaro kurash boshlashgan. Biroq, “keksa sinora” rahbariyati umidli futbolchisini qo‘yib yubormoqchi emas va u bilan amaldagi shartnomani uzaytirmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Yuventus” Iguainning qaytishi munosabati bilan Mario Manjukich yoki Moyse Kinlardan birini sotib yuborishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Kin o‘tgan mavsum turinliklar safida jami 17ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transferi esa 40 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!