
"Yuventus" "Everton" qiziqayotgan futbolchining narxini ma’lum qildi
"Everton" "Yuventus" yarim himoyachisi Adrien Raboni yozgi transfer vaqtida xarid qilmoqchi. Bu haqda Il Bianconero xabar tarqatdi.
Manbaning xabariga ko‘ra, "keksa senoralar" 25 yoshli Raboni 30 million evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas. Adrienning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyun oyiga qadar mo‘ljallangan.
Joriy mavsum yarim himoyachi 29ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urdi hamda 2 golga assistentlik qildi.
Fikrlar