
"Yuventus" chuchvarani hom sanagan ko‘rinadi
"Fiorentina" klubi yarim himoyachisi Federiko Keza katta ehtimol bilan "Yuventus"ga o‘tmaydigan ko‘rinadi.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Kezaning “keksa sinora”ga o‘tishini “binafsharanglilar” xo‘jayini Rokko Kommisso xohlamayapti. U mahoratli futbolchi bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.
Aytish lozimki, “Fiorentina”ning avvalgi xo‘jayinlari Kezaning “Yuventus”ga o‘tishi bo‘yicha kelishuvga erishib bo‘lishgan edi. Unga ko‘ra futbolchi turinliklar bilan 5 yillik shartnoma imzolashi kutilayotgandi.
Federiko Keza joriy mavsum “Fiorentina” safida jami 26 ta o‘yinda maydonga tushdi va 7 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar