
"Yuventus" bosh murabbiylik uchun yana bir nomzodni ko‘rib chiqmoqda
Turinning "Yuventus" klubi rahbariyati bosh murabbiy Massimiliano Allegrining o‘rniga munosib nomzod qidirishni davom ettirmoqda.
Sportmediaset nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “keksa sinora” short-listida Frantsiya terma jamoasi ustozi Dide Desham ham bor. Ta’kidlash kerakki, 50 yoshli frantsiyalik mutaxassis “Yuve” uchun begona emas. Boisi, u 2006/07 yilgi mavsumda jamoani B Seriyadan A Seriyaga olib chiqqan edi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq turinliklar Maurisio Pochettino ("Tottenxem"), Jan Pero Gasperini ("Atalanta") va Leonardu Jardim ("Monako") kabi murabbiylar nomzodini ham ko‘rib chiqishayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar