
"Yuventus" 58 yillik antirekordni takrorladi
"Yuventus" Italiya chempionatining 28-tur uchrashuvida "Atalanta"dan yirik mag‘lubiyatga uchradi (0:4).
Mehmonlar 29-daqiqada Mateo Retegi tomonidan amalga oshirilgan penalti evaziga hisobni ochishdi. Ikkinchi bo‘limda Jan Pero Gasperini jamoasi yana uch bor turinliklar darvozasini ishg‘ol qilishdi.
"Opta" ma’lumotlariga ko‘ra, bu 1967 yil oktyabrdan beri "Yuventus"ning A Seriya doirasida o‘z maydonida to‘rt yoki undan ko‘p to‘p farqi bilan mag‘lub bo‘lishining ilk holati. 58 yil oldin ham xuddi shunday natija Turin derbisida "Torino"ga qarshi uchrashuvda (0:4) qayd etilgan edi.
Tiago Motta jamoasi 52 ochko bilan turnir jadvalining to‘rtinchi o‘rnini egallab turibdi. "Atalanta" esa 58 ochko bilan uchinchi pog‘onada joylashgan.
Fikrlar