"Yuventus" 1988 yildan buyon bunday holatga tushmagan edi

  • 23 yanvar, 2023, 11:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriyaning 19-turida “Yuventus” o‘z maydonida “Atalanta”ga qarshi bahs olib bordi va 3:3 hisobida durang qayd etdi.

Tecno

E’tiborlisi, turinliklar bundan avvalgi turda "Napoli"ga 1:5 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi. Shu tariqa ular ketma-ket 2 ta o‘yinda o‘yinda o‘z darvozasidan 8 ta gol o‘tkazib yuborishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, “Yuventus” tarixida 1988 yildan buyon bunday holat kuzatilmagandi. O‘shanda Turin super klubi "Bolonya"ni 4:3 hisobida mag‘lub etgan, keyin esa "Napoli"ga 3:5 hisobida imkoniyatni boy bergan.

Eslatib o‘tamiz, A Seriyaning navbatdagi 20-turida "Yuventus" o‘z uyida "Montsa"ni qabul qiladi. Uchrashuv 29 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!