"Yuventus" raqib jamoaning uch futbolchisini ilib ketmoqchi

  • 8 mart, 16:12
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 "Yuventus"  bir vaqtning o‘zida "Atalanta"ning uch nafar futbolchisiga qiziqmoqda. Turinliklar bu futbolchilarni yozda sotib olishga harakat qiladi.

Tecno

Gap hujumchi Mateo Retegi haqida ketmoqda, ammo hozirda u Turin klubining uchinchi raqamli transfer maqsadi hisoblanadi.

La Gazette Dello Sport xabariga ko‘ra, "Yuventus" birinchi navbatda 30 o‘yinda 17 gol va 7 golli uzatma amalga oshirgan Ademola Lukmanni qo‘lga kiritishga harakat qiladi. Nigeriyalik futbolchining narxi 55 million evro.

Ikkinchi maqsad esa 50 million evro baholangan yarim himoyachi Edersen bo‘lib turibdi.

27-turdan so‘ng "Yuventus" 52 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

9-mart kuni Turin klubi o‘z maydonida aynan "Atalanta" bilan o‘zaro uchrashuv o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!