"Yuve"ning koronavirusni yenggan futbolchilari mashg‘ulotga chidaydimi?

  • 1 iyun, 2020, 23:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Koronavirusga qarshi davolash kurslarini o‘tagan "Yuventus" futbolchilari Paulo Dibala, Blez Matyuidi va Daniele Rugani hech qanday cheklovlarsiz asosiy tarkib bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etishmoqda.

Tecno

Tuttosport nashri xabariga ko‘ra, virusning o‘pkaga salbiy ta’siri inobatga olinib, uchala futbolchi ham bir necha marotaba test topshirishgan. Shuningdek, Dibala kuchaytirilgan nazorat ostida bo‘ldi, chunki unda COVID-19 ga topshirilgan testlarning to‘rttasida ijobiy natija olingan edi.

Ayni vaqtda turinlik futbolchilarning jismoniy holatida hech qanday muammo ko‘zga tashlanmayapti. Agar mavsum davom ettiriladigan bo‘lsa, "Yuventus" har uchala futbolchi xizmatlaridan foydalanishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!