"Yuve" Pogba uchun MYuga 2 ta futbolchisini bermoqchi

  • 9 oktabr, 2019, 15:05
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Yuventus" klubi "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbaga bo‘lgan qiziqishini saqlab turibdi.

26 yoshli futbolchi yozda MYuni tark etishni istagan edi, ammo yakunda u jamoada qoldi.

Frantsiyalik futbolchi uchun "Real" klubi asosiy da’vogar bo‘lib turgan edi. Turin klubi ham futbolchiga qiziqish bildirmoqda va uni qo‘lga kiritish uchun hujumchi Mario Manjukich va Emre Janni berishga tayyor.

"Manchester Yunayted" xorvatiyalik forvardni yozda sotib olishni rejalashtirgan edi, biroq transfer amalga oshmay qolgandi.

Manjukich va Jan joriy mavsum etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishmayapti va ustiga-ustak Chempionlar Ligasining qaydnomasidan o‘rin olishmadi.

Pogba hozirda jarohatini tiklash bilan shug‘ullanmoqda. U MYuning so‘nggi ikki o‘yini AZ (0:0) va "Nyukasl" (0:1) ga qarshi bahslarni o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!