
Yusupov o‘rnini kim egallaydi?
Xabaringiz bor, O‘tkir Yusupov "Navbahor"ni tark etdi. Uning keyingi manzili Eron chempionati bo‘lishi mumkin. Ayni paytda rahbariyat yangi darvozabon bilan shartnoma imzolash arafasida.
Bizga ma’lum bo‘lishicha, Sanjar Quvvatov Namangan klubining yangi posboni bo‘ladi. Tomonlar o‘rtasida kelishuv mavjud.
Mavsumni yarmini "Neftchi"da o‘tkazgan Quvvatov asosiy tarkib uchun kurashda Botirali Ergashevga yutqazib qo‘ydi. Avvaliga ko‘p o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgan darvozabon so‘nggi turlarni zaxiradan kuzatib bordi.
Sanjar shu yilning qishida "Paxtakor"ni tark etib, "Neftchi" bilan bir yillik shartnoma imzolagandi. Bitim bekor qilinib, u jamoani tark etgan.
"Navbahor" Yusupov o‘rniga oldindan nomzodlarni ko‘rib chiqayotgandi. Eski murabbiylar shtabida asosiy variant sifatida "Nasaf"ning sobiq futbolchisi Azamat Soyibov ko‘rilayotgandi.
Fikrlar