Yurgen Kloppni haqorat qilgan hakam ishdan bo‘shatildi

  • 10 dekabr, 2024, 16:24
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyalik arbitr Devid Kutni hakamlikdan chetlatishdi, u endi Premer-liga o‘yinlarida ishlamaydi. Bularning barchasi bir yil avval, noyabrda, ijtimoiy tarmoqlarda Kut "Liverpul" sobiq murabbiyi Yurgen Kloppni haqorat qilgan videosi tarqalganidan boshlangan edi.

Tecno

Bundan tashqari Devid 2019 yilda "Lids" va "Vest Bromvich" o‘rtasidagi o‘yinda nohaq sariq kartochkalar ko‘rsatgani va bu ishni qimor orqali pul topish uchun qilgani ma’lum bo‘ldi. Yana uning tarmoqlarda narkotik modda qabul qilgan videosi tarqalib ketgan.

Natijada tergov o‘tkazildi, va hozirda Kut ishini yo‘qotdi. Biroq, u apellyatsiya huquqiga ega, deb xabar bermoqda derbyderbyderby.it.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sunnatjon Hamdamov
10/12/2024 23:09
Ismi jismiga mosakan