Yunon-rim kurashi. O‘zbekistonlik ikki sportchi shohsupaga ko‘tarildi

CHERY AUTO

Bolgariyaning Sofiya shahrida sport kurashlari bo‘yicha U20 jahon chempionati davom etmoqda.

Tecno

Ortda qolgan kunda yunon-rim kurashi ustalari o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar aniqlab olindi. Quvonarlisi, unda -77 kg vazn toifasida Samandar Bobonazarov, -125 kgda esa Temurbek Nasimov bronza medali uchun kechgan bahsda g‘alaba qozonib, shohsupaga ko‘tarildi.

Shuningdek, bugun Ilyosjon Abdinazarov bronza medali uchun o‘tish bosqichida kurashadi.

Bronza medali uchun bahslar:
-77 kg: Samandar Bobonazarov – Mixal Zelenka (Chexiya) 9:8;
-125 kg: Temurbek Nasimov – Albert Vardanyan (Armaniston) 10:5;

Bronza medali uchun o‘tish bosqichi:
-67 kg: Ilyosjon Abdinazarov – Aleksei Xaxlovshi (Moldova) / Onur Yurtada (Turkiya).

MOQ matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!