
"Uning o‘ziga bo‘lgan ishonchi zarar ko‘rdi"
Rio Ferdinand "Manchester Yunayted" himoyachisi Xarri Maguayrni qo‘llab-qo‘vvatladi.
"U Angliya terma jamoasida ajoyib o‘yin ko‘rsatadi. Xarri nol futbolchi emas. Terma jamoadagilar futbol o‘ynaydi. Shu sababli Maguayr u erda yaxshi ko‘rinadi.
Jerar Pike MYuda to‘p tepgan. Agar u qolganida "Barsa"dagi yorqin karerasi kuzatilmasdi, deb o‘ylayman.
Uning o‘ziga bo‘lgan ishonchi zarar ko‘rdi. Siz Messi, Ronaldu, Zidan, Mbappe bo‘lsangiz ham o‘zingizga ishonchingiz past bo‘lsa, ko‘p ishga qodir emasssiz", - dedi sobiq "Yunayted" futbolchisi "Vibe with Five" ko‘rsatuvida.
Fikrlar