
Yozda har qanday klub “Siti” yulduzini sotib olishi mumkin
Portugaliyalik futbolchsi Bernardu Silva “Manchester Siti” bilan yangi shartnoma imzoladi. Hujjatda hujumkor o‘yinchiga 2024 yilning yozida boshqa klubga o‘tish imkonini beruvchi band kiritilgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, kelasi yoz har qanday klub portugaliyalik yulduzni 60 million evro miqdoridagi badal puli evaziga sotib olishi mumkin.
Yangi shartnoma 2026 yilning yarmigacha tuzilgan. Bu o‘yinchiga “Barselon” va PSJ jiddiy qiziqish bildirib keladi.
Bernardu Silva Xosep Gvardiola qo‘l ostida olti yildan beri to‘p tepmoqda. Tajribali o‘yinchi shu paytga qadar jamoa bilan 15 ta sovringa ega chiqdi.
Fikrlar