
Yovich "Real"ga ko‘chib o‘tishga juda yaqin turibdi
Frankfurtning "Ayntraxt" klubi forvardi Luka Yovich faoliyatini "Real"da davom ettirishga yaqin turibdi.
AS nashri tarqatgan xabarga qaraganda klublar 21 yoshli serbiyalik futbolchining transferi bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishishgan. Unga ko‘ra ushbu transfer “qirollik klubi”ga taxminan 50-60 mln evroga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Yovich uchun “Barselona” ham kurash olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Luka Yovich joriy mavsum “Ayntraxt” safida jami 41ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 25ta gol va 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar