
Yosh yunon-rum kurashchilarimiz Osiyo chempionatida beshta medalni qo‘lga kiritdi
Tailandning Chonburi shahrida bo‘lib o‘tgan yunon-rum kurashi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida terma jamoamiz a’zolari jami beshta medalni qo‘lga kirita oldilar.
Jumladan, 60 kg vazn toifasida Muxammadqodir Yusupov yuqori probali medalga ega chiqib, Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 55 kgda gilamga chiqqan Ixtiyor Botirov – kumush, 72 kgda Alijon Xuseynov – kumush, 67 kgda Umidjon Axrorov – bronza, 77 kgda Dilshod Omongeldievlar bronza medalini qo‘lga kiritib, mazkur turnir sovrindorlariga aylanishdi. Endi navbat qizlarimizga... Ulardan ham ijobiy natijalarni kutib qolamiz!
Fikrlar