Yosh yulduzlar “Barsa” taklifiga ko‘nmadi

  • 24 mart, 2022, 21:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Marca” nashri “Barselona” mutasaddilari jamoaning iste’dodli o‘yinchilari – Ronald Arauxo va Gavini yangi bitimga ko‘ndirishga qiynalayotgani haqida xabar  tarqatdi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, qator kuchli klublar nishonida turgan bu futbolchilar kataloniyaliklarning navbatdagi taklifini rad etgan. Ularning har ikkisi kelasi yili erkin agentga aylanadi. Shu bois, “Barselona” rahbariyati yangi shartnoma tuzishga bel bog‘lagan.

Shunga qaramay, Urugvay terma jamoasi va Ispaniya terma jamoasi vakillari umumiy hisobdan uchtadan shartnomani qabul qilmadi va ular maosh sezilarli darajada oshirilishi kutmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!