
Yosh darvozabonni qo‘shni otib tashladi (foto)
Urugvay futbolida mudhish voqea yuz berdi. “Montevideo Siti” jamoasining 14 yoshli darvozaboni Geral Froste halok bo‘ld.
El Pais nashrining ma’lum qilishicha, Froste qo‘shnisi bilan urishib qolgan. Janjal vaqtida qo‘shnisi futbolchiga o‘qorat quroldan o‘q uzgan.
Geral ko‘krak va qorin qismidan olgan jarohati oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.
Bu mudhish voqea 25 dekabr kuni tunda Montevideo shahrining Plasido Ellauri tumanida ro‘y bergan.
Politsiya futbolchining qo‘shnisini qo‘lga oldi. Bungacha olti marotaba sudlangan shahs qotillikni o‘z bo‘yniga oldi.
Fikrlar