
Yo so‘ragan pulimni bering, yoki qo‘yib yuboring!
“Nyukasl”ning shvetsiyalik hujumchisi Aleksandr Isaak yozgi transferlar davrida boshqa klubga o‘tishi kutilayotgan edi. Mohir to‘purarni Angliya chempioni “Liverpul” olmoqchi bo‘ldi.
“Qarg‘alar” mersisaydliklarning 139 million evrolik taklifini qabul qilmadi. Ular o‘z hujumchisini 173 million evrodan kamiga qo‘yib yubormasligini bildirdi.
Bu summa Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubiga ma’qul keldi va bu shayxlar 25 yoshli forvard uchun kurashga qo‘shildi.
Aslida “Nyukasl”da’vogarlarni cho‘chitish uchun katta summa talab qilmoqda. Klub Isaakni tarkibda saqlab qolmoqchi. Aleksandrning o‘zi yangi shartnomaga qarshi emas. Biroq u talab qilayotgan maosh nyukaslliklarni o‘ylantirib qo‘ydi.
Aleksandr Isaak haftasiga 300 ming funt sterling (taqriban 245 ming evro) maosh so‘rayapti. Ayni paytda uning maoshi haftasiga 130 funtni tashkil qilmoqda. Bosh murabbiy Eddi Xau klub mutasaddilaridan o‘yinchini qolishga ko‘ndirishni so‘ragan.
Fikrlar