
"Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi" - Abduqodir Husanov
Frantsiyaning "Lans" klubi tarkibida to‘p tepayotgan yosh futbolchimiz Abduqodir Husanov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi talqiniga ko‘ra, "Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi", maqomiga loyiq ko‘rildi.
U 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogida g‘olibi, shuningdek, yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati ishtirokchisi hisoblanadi. Bundan tashqari, 19 yoshli himoyachi U20, U23 hamda Milliy terma jamoa safida ham ishonchli o‘yin ko‘rsatib kelmoqda.
Fikrlar