Yaya Ture, Ibragimovich, Balotelli va yana 2 ta mashhur futbolchi Braziliyaning o‘rtamiyona klubiga o‘tishi mumkin

  • 24 aprel, 2020, 16:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyaning "Vasko da Gama" klubi birdaniga 5 ta futbol yulduzini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatdi.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, klub prezidentligiga nomzod Luis Roberto Leven Siano agar ushbu lavozimni egallasa, jamoaga bir qator nomdor futbolchilarni olib kelishga va’da bermoqda.

Aniqrog‘i, Siano klubga Zlatan Ibragimovich ("Milan"), Mario Balotelli ("Breshiya"), Yaya Ture ("Tsindao Xaynyu"), Sebastyan Jovinko ("Al-Xilyal") va Aleks Teysheyra ("Tszyansu Sunin") kabi mashhur futbolchilarni olib kelmoqchi.

Aytish kerakki, "Vasko da Gama" o‘tgan mavsum Braziliya chempionatini 12-o‘rinda yakunlagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!