
“Yaponiyalik Messi” jamoasini tark etmoqchi
“Yaponiyalik Messi” laqabi bilan mashhur bo‘lgan “Real” futbolchisi Takefusa Kubo o‘zi ijarada o‘ynayotgan “Vilyarreal”ni tark etishni rejalashtirmoqda.
U qishki transferlar vaqtida “Qirollik klubi”ga qaytishni istayapti. 19 yoshli yarim himoyachi “Vilyarreal” bosh murabbiyi Unai Emeri unga etarli o‘yin vaqti bermayotganidan norozi bo‘lmoqda. Yaponiyalik futbolchi La Ligada 10 ta o‘yinda qatnashgan bo‘lsa-da, dami 180 daqiqa harakat qildi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Kubo madridliklar rahbariyati bilan bog‘lanib, unga ijarada o‘ynash uchun boshqa jamoa topib berishni so‘ragan.
Fikrlar