Yaponiya bosh vaziri "Tokio-2020" o‘z vaqtida o‘tkazilishiga ishonmayapti

  • 23 mart, 2020, 23:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, bir necha kun oldin Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi joriy yilning iyul-avgust oylarida bo‘lib o‘tishi belgilangan Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining o‘z vaqtida o‘tkazilishini ma’lum qilgan edi.

Tecno

Ammo, Yaponiya hukumati to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasining o‘z vaqtida o‘tkazilmasligi mumkinligi haqida fikr bildirdi. Sababi, butun dunyo bo‘ylab tarqalib borayotgan va inson salomatligi uchun katta xavf tug‘dirayotgan koronavirus pandemiyasi Olimpiya o‘yinlarining o‘tkazilishiga ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi.

Ma’lum qilinishicha, Yaponiya tomoni bir necha yillardan beri o‘tkazilishi uchun katta tayyorgarlik ko‘rib kelinayotgan Olimpiya o‘yinlarining bo‘lib o‘tishiga qarshi chiqmoqda.

Bu fikrni shaxsan Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe ham tasdiqladi. Buning uchun esa hukumat Olimpiadani kechroq muddatda o‘tkazilishiga ham tayyor.

“Musobaqani kechiktirish qarorini qabul qilishdan qochib qutula olmaymiz. Hozirgi sharoitda Olimpiadani to‘laqonli o‘tkazib bo‘lmaydi. Sportchilarning va boshqa ishtirokchilarning salomatligi biz uchun birinchi o‘rinda turadi”, - deydi Abe

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!