
Yangi transfer “Chelsi”ga 100 million funtga tushadi
Chempionlar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmagan “Bayer” Kay Xaverts transferidan katta mablag‘ ishlab olishni istamoqda.
Bu jamoa futbolchi transferi bo‘yicha “Chelsi”ga o‘z talablarini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, leverkuzenliklar umumiy hisobda 100 million funt so‘ramoqda. Shu summadan 63 millioni birdaniga to‘lanishi lozim. 27 million funt esa turli bonuslar ko‘rinishiga bo‘ladi.
Xavertsning narxi oshib ketishiga “Bavariya”ning qiziqishi ham sabab bo‘layotgani aytilmoqda.
Fikrlar