Yangi mavsumda Benzemaning dublyori kim bo‘ladi?
Madridning "Real" opredelilsya klubi yangi mavsumda zaxira hujumchisi masalasida kimni ko‘rayotgani ma’lum bo‘ldi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra jamoaning asosiy forvardi Karim Benzemaga Raul de Tomas dublyorlik qiladi. Ta’kidlash kerakki, “Real” tarbiyalanuvchisi joriy mavsumni "Rayo Valekano" safida ijara asosida o‘tkazmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda de Tomas nomzodi shaxsan bosh murabbiyi Zinedin Zidandan chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum Benzemaga Mariano Dias o‘rindosh sifatida harakat qildi. Biroq, 17ta o‘yinda ishtirok etib, bor yo‘g‘i 2ta gol urishga erishdi.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli de Tomas joriy mavsum "Rayo Valekano" safida jami 29ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 13ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.



Fikrlar