
Yangi mavsum boshlangan zahoti “Liverpul” jiddiy yo‘qotishga uchradi
"Liverpul" yarim himoyachisi Tyago Alkantara jarohati tufayli APLning keyingi bir nechta turlarini o‘tkazib yuboradi.
“The athletic” nashri xabariga ko‘ra, 31 yoshli ispaniyalik futbolchi shanba kuni bo‘lib o‘tgan "Fulxem"ga qarshi o‘yinda (2:2) tizzasidan jarohat olgan. U uchrashuvning 51-daqiqasida almashtirilgan edi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, u olti haftagacha maydonga tusha olmaydi.
Tyago sentyabr oyining o‘rtalariga qadar safdan chiqishi kutilmoqda, ya’ni u APL doirasida "Kristal Pelas", "Manchester Yunayted", "Bornmut", "Nyukasl", "Everton" va "Vulverxemton"ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.
Fikrlar