
Yangi direktor “Manchester Yunayted”ga uchta zo‘r futbolchini olib kelyapti
“Manchester Yunayted” rahbariyati klub sport direktori lavozimiga Den Eshuortni ishga oldi. Manchesterliklar taniqli mutaxassisning eski ish joyi – “Nyukasl”ga badal pulini to‘laydigan bo‘ldi.
Den Eshuort manchesterliklarga bir urinishda uchta o‘yinchini olib beradigan bo‘ldi.
Birinchi nishon – “Bolonya” hujumchisi Joshua Zirkzee hisoblanadi. Eshuort ishga aralashganidan keyin muzokaralar ijobiy tomonga siljidi. Bu transfer 34 million funt evaziga amalga oshiriladi.
Ayni paytda Eshuort PSJga yarim himoyachi Manuel Ugarte transferi bo‘yicha taklif tayyorlamoqda. Bu futbolchi kelasi mavsum Kazemironing o‘rnini bosishi kerak bo‘ladi.
Shuningdek, manchesterliklar “Bavariya”ning niderlandiyalik markaziy himoyachisi Matteys lde Ligtni olib kelishga yaqin turibdi. Myunxenliklar tajribali o‘yinchini 43 million funtga qo‘yib yuborishga rozilik berdi.
Fikrlar