Yana bir rossiyalik sobiq futbolchi Fayzullaevning TsSKAdan ketishi haqida fikr bildirdi

  • 23 iyul, 19:01
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mashhur murabbiy Yuriy Syomin O‘zbekiston Milliy terma jamoasi a’zosi Abbosbek Fayzullaevning "Istanbul Bashakshehir"ga o‘tishi ehtimoli haqida fikr bildirdi. Syominning fikricha, futbolchining ketishi "armiyachilar" uchun yo‘qotish bo‘ladi.

Tecno

"Fayzullaevning ketishini TsSKA uchun yo‘qotish deb hisoblayman. U menga juda yoqardi. Uning ketishi tabiiy bo‘lsa kerak, chunki Abbos bilan kelishuvlar bor edi. U TsSKAda yaxshi ishlagan. Uning kelajakdagi istiqboli yaxshi", - deya Syominning so‘zlarini keltirdi "RB Sport".

TsSKA safida Abbosbek Fayzullaev 2023 yil avgustidan buyon to‘p surib kelmoqda. Ikki mavsum davomida futbolchimiz 72 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urishga va jamoadoshlariga 22 ta golli uzatma berishga muvaffaq bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, TsSKA Premer-liganing 1-turida "Orenburg" mehmoni bo‘lib, 1 ochko jamg‘argandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!