
Yana bir Evropa grandi Ronalduni olish fikridan voz kechdi
So‘nggi kunlarda Krishtianu Ronalduga bir nechta Evropaning grand klublari, shu qatorda "Inter" ham qiziqish bildirayotgani haqida yangiliklar ko‘paydi.
"TuttoSport" xabar qilishicha, "neradzurrilar" 40 yoshli yulduz hujumchini transfer qilish variantini ko‘rib chiqmayapti.
Nashr xabarida "Inter" bosh direktori Juzeppe Marotta ilgari aytgan so‘zlarini eslatib o‘tgan. Unga ko‘ra, Ronaldu bilan shartnoma imzolash moliyaviy jihatdan murakkab masala hisoblanadi.
Krishtianu Ronalduning "An-Nasr" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida tugaydi. Avvalroq matbuotda portugaliyalik futbolchining Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish istagi borligi haqida ham yozilgandi.
Fikrlar