
Yan Blaxovich Kamaru Usmanga aqlbovar qilmas taklif bilan chiqdi!
Yarim og‘ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Yan Blaxovich(29-10-1) vazn toifasidan qat’i nazar, eng yaxshi UFC jangchilari reytingining sobiq etakchisi va yarim o‘rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni, nigeriyalik Kamaru Usman(20-4)ga 93 kgda jang qilish taklifini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, "UFC 291" turniri doirasida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida Yan Blaxovich oktagonda Aleks Pereyra bilan uchrashgan va mazkur to‘qnashuv Pereyraning g‘alabasi bilan yakunlangan. Keyinchalik Blaxovich Aleksandr Rakich bilan jang qilishi kerak edi, biroq elkasidan jarohat olib, jangni tark etishga majbur bo‘lgandi.
Fikrlar