Yamalning bir armoni bor...

  • 19 iyul, 2024, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” va Ispaniya terma jamoasining eng yorqin futbolchilaridan biriga aylangan Lamin Yamal futboldan orzusi amalga oshishiga ishonmoqda.

Tecno

16 yoshli futbolchi eng katta orzusi ayni paytda AQShda “Inter Mayami” klubi sharafini himoya qilayotgan Lionel Messi bilan bir jamoada o‘ynash ekanini aytdi.

- Men Lionel Messi bilan birga shug‘ullanish, bir jamoa kiyim almashtirish xonasida birga o‘tirishga umid qilgandim. Lekin hozircha buning imkoni bo‘lgani yo‘q. Lekin kelajakda shunday bo‘lishiga ishonaman, - dedi Lamin Yamal.

Lamin Yamal yosh bo‘lishiga qaramay, sekin-asta “Barselona”ning haqiqiy etakchisiga aylanib bormoqda. O‘tgan mavsum 50 ta uchrashuvda qatnashgan hujumkor futbolchi ettita gol va o‘nta assist muallifi bo‘ldi.

Kataloniya klubi rahbariyati yaqinda PSJning Lamin Yamal transferi uchun 250 million evrolik taklifini qabul qilmadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!