
Yamalni qanday to‘xtatishni hali bilmaymiz!
“Inter” himoyachisi Alessandro Bastoni Evropa Chempionlar ligasi yarim finali oldidan “Barselona”ning yosh yulduzi Lamin Yamalni qanday to‘xtatish ustida ishlanayotgani haqida ochiq gapirdi.
Milanning “Inter” klubi Chempionlar ligasi yarim final bosqichida "Barselona" jamoasi bilan to‘qnash keladi. Ko‘plab mutaxassislarning fikricha o‘yinga ana shu yosh iqtidor egasining "zargarona" harakatlari ta’sir o‘tkazmay qolmaydi.
Bastoni Yamalni qanday to‘xtatishlari haqidagi savolga quyidagicha javob berdi:
- Yamalni qanday to‘xtatishni bilmayman. Oxirgi marta Evropa chempionatida u bilan o‘ynaganimizda, unchalik yaxshi natijaga erishmagandik.
“Barselona”ning o‘ziga xos o‘yin uslubi bor. Unga qarshi yakka tartibda emas, jamoaviy himoya bilan kurashishimiz kerak.
Individuallik borasida biz boshqa uch yarim finalchidan kuchsizmiz, lekin jamoa sifatida ularni engishimiz mumkin. Agar jamoaviy ishlashni to‘xtatsak, cho‘kib ketishimiz aniq. Ammo biz murakkab vaziyatlarda birlashib, hujum qilish uchun eng to‘g‘ri vaqtni topa olamiz, - dedi Bastoni.
Fikrlar