
Yamal: "Real" yaqqol golli vaziyat yarata olmadi"
"Barselona" vingeri Lamin Yamal Ispaniya chempionatida "Real" ustidan 4:3 hisobida qozonilgan yorqin g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
— "O‘yinning juda muhim bo‘lgani aniq. Chempionlar Ligasi musobaqasidan chiqib ketganimizdan keyin bunday o‘yin bo‘lgani hayratlanarli. Menimcha, biz bu mag‘lubiyatni allaqachon unutdik. Azob-uqubatlar insonni rivojlanishga undaydi.
"Real" aniq golli vaziyatlar yarata olmadi. Biz juda baxtiyormiz, lekin ishni davom ettirishimiz kerak. Bu yil biz uchun og‘ir bo‘ldi, o‘z stadionimizda o‘ynay olmadik. Ammo "Monjuik" – bu o‘zgacha joy. Muxlislarga rahmat. G‘alaba qozonish muhim edi, bu bizni chempionlikka yaqinlashtiradi", — dedi Yamal o‘yindan so‘ng intervyuda.
"Barselona" La Liga yakunlanishiga uch tur qolganida "Real"ni etti ochkoga ortda qoldirmoqda.
Fikrlar