
Yamal qaysi yulduzlarga havas qilishini aytdi, ular orasida Ronaldu yo‘q!
“Barselona” hujumkor futbolchisi Lamin Yamal qaysi futbol yulduzlarini o‘zi uchun o‘rnak, deb bilishini ochiqladi. 17 yoshli Lamin “Barsa”da porlagan o‘yinchilar nomini aytdi.
- Men o‘rnak oladigan futbolchilar kimlar? Bular Lionel Messi va Neymar, - dedi Lamin Yamal.
Laminya Yamal “Barselona”ning eng yorqin tarbiyalanuvchilaridan hisoblanadi. U joriy mavsumda barcha turnirlarda 21 ta uchrashuv o‘tkao‘zib, oltita gol va 12 ta assist muallifi bo‘ldi.
Transfermarkt portalining ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar bilan 2026 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega futbolchi 180 million evroga baholanmoqda.
“Barselona” mutasaddilari Lamin Yamal 18 yoshga to‘lganidan keyin u bilan uzoq muddatli professional shartnoma imzolashni rejalashtirgan.
Fikrlar