
Yamal “Barsa”ga zo‘r hujumchi chaqiryapti
“Manchester Yunayted”ga kerak bo‘lmay qolgan Markus Reshford yozda o‘ziga yangi jamoa topishi lozim. 27 yoshli qanot hujumchisi mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida “Aston Villa”da o‘tkazyapti.
Markusning o‘zi anchadan beri “Barselona”ga o‘tishni orzu qilyapti. Kataloniyaliklar ham angliyalik hujumchisiga qiziqish bildirgan.
Bu g‘oyani “Barselona” etakchisi Lamin Yamal ham qo‘llab quvvatlayapti. El Nacional nashrining yozishicha, Yamal Reshford bilan bir jamoada o‘ynash istagida.
Reshford Kataloniya klubiga ko‘chib o‘tish orzusini amalga oshirish uchun mashhur agent Pini Zaxavi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Bu mutaxassis “Barselona” bosh murabbiyi XansDiter Flik va jamoa to‘purari Robert Levandovski manfaatlarini ham himoya qiladi.
Fikrlar