Xyoyberg shu yozda "Tottenxem"ni tark etishi mumkin

  • 14 iyun, 2023, 11:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" klubi yarim himoyachisi Per-Emil Xyoyberg yozgi transferlar vaqtida jamoasini almashtirishi mumkin.

Tecno

Daniyalik futbolchining "shporlar" bilan shartnomasi 2025 yilning o‘rtalarida tugaydi va tomonlar yangi shartnoma bo‘yicha haligacha kelisha olmagan. Jurnalist Tom Barklining xabar berishicha, 27 yoshli yarim himoyachining "Tottenxem"dagi kelajagi noaniq. Agar takliflar tushsa, futbolchi shu yozda sotilishi ehtimoli katta.

Per-Emil Xyoyberg 2020 yildan beri London jamoasida o‘ynab kelmoqda. O‘tgan mavsumda u "Tottenxem" safida barcha turnirlarda 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!