
XXI asrda Gvardiola "Qirollik klubi"ni engish bo‘yicha haqiqiy professional!
Pep Gvardiola boshqaruvidagi "Manchester Siti" klubi "Real"ni Chempionlar ligasidan chiqarib yubordi.
Inglizlar musobaqa nimchorak finalining ikkala uchrashuvida ham 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Gvardiola murabbiy sifatida "Real"ni 11-marotaba engdi. Uning jamoalari Madrid klubiga 4 marta mag‘lub bo‘lib, bir bor durang o‘ynagan.
Kataloniyalik mutaxassis XXI asrda "Real"ni ko‘p bor mag‘lub etgan murabbiylar ro‘yxatida etakchilik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinlar, 9 martadan "qaymoqranglilar"ni dog‘da qoldirgan Ernesto Valverde va Diego Simeonega tegishli.
Gvardiola "Man Siti"dan tashqari, "Bavariya" va "Barselona" klublarini boshqargan.
Fikrlar