
Xushxabar! O‘zbekistonlik sambochi "BRIKS" o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi
Xabaringiz bor, Rossiyaning Qozon shahrida "BRIKS" o‘yinlari start oldi. Mazkur turnirda Roman shakirov boshchiligidagi O‘zbekiston sambo terma jamoasi ham ishtirok etmoqda. Bugungi, kun dasturidan 7 nafar sambochimizning chiqishi o‘rin olgandi. Quvonarli jihati, -71 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Ubaydullo Mo‘minov barcha raqiblarini mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Voqealar rivojini bizda kuzatib boring! Qolgan natijalarni ham e’tiboringizga havola etib boramiz.
Fikrlar