Xushxabar! Hamyurtimiz biryo‘la ikkita Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

  • 10 iyun, 2021, 15:42
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Olimpizm
BEPUL PROPAN

Yana bir sportchimiz Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Turizm va Sport vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

"Xalqaro o‘q otish sporti federatsiyasidan O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasiga xushxabar bitilgan maktub yo‘lladi. Unga yozilishicha, Xalqaro tashkilot o‘q otish bo‘yicha milliy terma jamoamiz a’zosi Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga litsenziya qo‘lga kiritganligi ma’lum qilingan.

Hamyurtimiz Muxtasar Tohirova pnevmatik miltiqdan 10 metr masofadan hamda 50 metr masofadan 3 holatda o‘q otish dasturida kvalifikatsion davrda to‘plagan yuqori ballari uchun Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining litsenziyalariga ega bo‘ldi.

Qayd etish joiz, sportchimiz litsenzion davrda 2019 yilgi Qatarning Doxa shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionati va Germaniyaning Zul shahrida o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida yuqori natijalarni qayd etgan. Bu yil ham M.Tohirova Qozog‘istonda o‘tgan xalqaro musobaqada 10 metr masofada kechgan dasturda g‘alaba qozondi.

Shu tariqa, O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasi mamlakatimiz sport delegatsiyasi hisobiga yana 2ta litsenziyani qo‘shib qo‘ydi. Ushbu muvaffaqiyat bilan Muxtasar Tohirovani muborakbod etamiz",-deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!