
Hurshid Tojiboevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi aniq bo‘ldi
Professional boksning birinchi engil vazn toifasida (58,9 kg) faoliyatini davom ettirayotgan bokschimiz Hurshidbek Tojiboev (5-0, 3KO) 11 dekabr kuni Qozog‘istonning Almati shahrida bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Mazkur kechada unga rossiyalik Pavel Malikov (16-4-1, 6KO) raqiblik qilishi kutilmoqda. Kechaning asosiy bahsida biz uchun yaxshi tanish bo‘lgan Kamshibek Konkabaev (3-0, 3KO) britaniyalik Stiven Uordga (13-1, 5KO) qarshi birinchi og‘ir vazn toifasida (90,8 kg) WBA Gold kamari uchun ringga ko‘tariladi.
Eslatib o‘tamiz, jizzaxlik Hurshidbek Tojiboev 60 kg vaznda Rio olimpiadasi ishtirokchici va yarim professionallar o‘rtasida APB jahon chempioni hisoblanadi.
Fikrlar