
Xumoyun va Sanjar juftlik bahslarini g‘alaba bilan boshladi
Italiyaning Neapol shahrida yozgi Universiada o‘yinlari davom etmoqda. Musobaqada tennischilarimiz yakkalik bahslarini muvaffaqiyatli boshlaganidan xabaringiz bor.
Biroz avval tennis bo‘yicha juftlik bahslarining ikkinchi davrasida Xumoyun Sultonov va Sanjar Fayziev taylandlik Kovaritukted hamda Kunsuvanga qarshi kortga tushishdi.
Keskin va murosasiz o‘tgan o‘yinda tennischilarimiz raqiblarini har ikkala setda bir hil 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Fikrlar