
Xuan Manuel Markes vazn toifasidan qat’i nazar eng yaxshi bokschi kimligini aytdi
To‘rtta vazn toifasida sobiq jahon chempioni meksikalik Xuan Manuel Markesning fikricha, mutlaq yarim o‘rta vazn toifasidagi chempion Terens Krouford vazn toifasidan qat’i nazar eng yaxshi bokschilar reytingida munosib birinchi o‘rinni egallab turibdi.
“Hozirda eng yaxshi P4P jangchisi kim? Menimcha, Terens Krouford. Qisqacha fikr bildiradigan bo‘lsam, Errol Spensni mag‘lub etgandan so‘ng Krouford birinchi o‘ringa haqli ”, — dedi Markes Boxing King Media yutub kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyida Krouford Spensni nokautga uchratgandi.
Fikrlar