
Xosep Gvadiola: "Yoshlarga imkon bergan bo‘lardim, biroq men o‘ta talabchan klubda ishlayman
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvaridola asosiy jamoaga klub akademiyasi vakillari nima sababdan juda kam jalb qilinishiga izoh berdi.
"Men yosh futbolchilarga imkon berishni xohlayman, biroq "Siti" juda talabchan klub.
Bu erda sen faqat g‘alaba qozonishing kerak. Biz o‘tgan mavsumda to‘rtta kubokni qo‘lga kiritdik, biroq bu ham etarli emas, sababi biz Chempionlar ligasi unvonini qo‘lga kirita olmadik. Buni to‘g‘ri qabul qilishimiz kerak.
Asosiy tarkibga kirishni xohlagan akademiya futbolchilari juda kuchli himoyachi va yarim himoyachilar bilan raqobat qila olishlari kerak. Bizda Fil Foden bor, u ajoyib iqtidorga ega futbolchi, ammo u bizning boshqa futbolchilarimiz bilan raqobat qilishi juda qiyin",- deya aytib o‘tdi Gvardiola.
Fikrlar