
Xoselu 25 yil ichida debyutida dubl qayd etgan ilk ispaniyalik futbolchi bo‘ldi
Kecha "Evro-2024" saralash o‘yinlari doirasida Ispaniya Norvegiya terma jamoasini qabul qilib, 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
"Espanol"ning 32 yoshli hujumchisi Xoselu kecha "qizil furiya" jamoasida shov-shuvli debyut qildi. U mazkur bahsda dubl qayd etdi va 1998 yildan beri debyut uchrashuvida ikkita gol urgan jamoasining birinchi futbolchisiga aylandi. "Sport-Ekspress" xabariga ko‘ra, oxirgi marta bu ishni Fernando Morientes amalga oshirgan.
Ma’lumo uchun, "Selta" tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Xoselu professional faoliyati davomida 10 ta klubda to‘p surgan.
Fikrlar