
Xorxe Masvidal: "Shavkat Rahmonov Chimaevni sindiradi"
UFC yarim o‘rta vazn toifasi vakili Xorxe Masvidal Shavkat Rahmonov hamda Hamzat Chimaev o‘rtasidagi ehtimoliy jang borasida o‘zi taxminini bildirdi.
"Menimcha, Shavkat Rahmonov Chimaevni sindiradi. Chimaevning shov-shuvlariga ishonmayman.U o‘z vazn toifasi uchun katta va yaxshi jang qiladi. Lekin u xuddi shunday kurashchi va kuchli zarbaga ega bo‘lgan jangchi bilan to‘qnash kelsa bilmadim. Men Shavkat tomondaman. Agar, Chimaev g‘alaba qozonsa mening noto‘g‘ri fikrdaligimni isbotlagan bo‘ladi",-dedi Masvidal
Ma’lumot uchun, Masvidal 8 aprel kuni "UFC 287" turniri doirasida Gilbert Byornsga qarshi jang qiladi.
Fikrlar