Xorvatiya Marokashni mag‘lub etib, bronza medallariga ega chiqdi

  • 17 dekabr, 2022, 21:54
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon chempionati uchinchi o‘rin kechgan Xorvatiya va Marokash terma jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlandi. Mazkur bellashuvda xorvatlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

O‘yinning 7-daqiqasida standart vaziyatdan keyin Yoshko Gvardiol hisobni ochdi. Oradan 2 daqiqa o‘tib, Ashraf Dari muvozanatni tikladi. Birinchi bo‘lim yakuniga yaqin Orshich chiroyli zarba yo‘llab, xorvatiyaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi.

Shu turiqa, Dalich shogirdlari JCh-2022 bronza medallariga ega chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!