
Xolandning narxi ma’lum bo‘ldi. Oladigan bormi?
Ispaniyaning Relevo portali “Manchester Siti” to‘purari Erling Xolandni transfer qilish imkonini beradigan summaga aniqlik qiritdi.
Unga ko‘ra, 23 yoshli forvardning “shaharliklar” bilan tuzgan shartnomasida futbolchini 175 million evroga transfer qilish mumkinligi haqida band bor.
Erling Xoland “Manchester Siti”da 2022 yildan beri o‘ynayapti. Norvegiyalik forvardning amaldagi bitimi 2027 yilning yarmigacha davom etadi.
Xosep Gvardiola qo‘l ostadi debyut mavsumidayoq Angliya chempionligi, mamlakat kubogi, Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritgan Xoland kelajakda Ispaniya chempionatida to‘p tepishni orzu qilishi haqida xabarlar chiqarilgan edi.
Fikrlar